avatar
Куч
1.76
Рейтинг
0.00

Зохиджон Тожибоев

Мақолалар

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri.
 Reja :
 1.         Mening bobom va buvim.
 2.         Bobolarimiz nasihati bizlarga ko’mak.
 3.         Biz, yoshlar, tarbiyasida bobo — buvilarimizning o’rni.
 4.         Xulosa.
                                              Qarisi bor uyning,  parisi bor.
                                                               (Maqol )
         Insonning shakllanishi, hayotdagi o’z o’rnini topishi,  el-yurt hurmatiga sazovor bo’lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi ro’l o’ynaydi.  Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini  ta’minlovchi shaxs shakllanadi, milliy qadriyat, urf- odatlar, axloqiy qadriyatlar  saqlanadi va rivojlanadi.  Har bir  oila ahil, totuv bo’lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik  hukm suradi. Ana shunday barqarorlik, oila tinchligining asoschilari, albatta, bobo – buvilarimiz, ya’ni  oila boshchilari desak mubolag’a bo’lmaydi. Ular o’zlarining nasihatlari, oqilona maslahatlari bilan bizlarga  to’g’ri yo’l  ko’rsatadilar. Dono, tadbirkor, uzoqni ko’ra biladigan rahbarlardan jamiyatni boshqarish talab etilsa, bobo – buvilarimizdan o’z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga mas’uliyat talab  qilinadi. Mening bobom va buvim  bu mas’uliyatni bajarishda mahallamizning faxri bo’lib kelishmoqda.
 
      Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. Oila bolada shakllanishi lozim bo’lgan insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi  hayot maktabi hisoblanadi. Oila iqlimini o’zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida  qurish alohida o’rin tutmoqda. Ayni iqlimning qanday bo’lishi yosh nasllarning demakki, ertangi kun egalarining qanday odam bo’lishi oiladagi ota-ona va bobo – buvilarga bog’liq. Oilada kattalar bo’lishi bu biz uchun baxt. Chunki qarisi bor uyning, parisi bor degan gap bejiz emas. Shunday ma’noli, serhikmat so’zning asosiy sababi bobo va buvilari bor oilalar fayzli, osoyishta, barakali mehmondo’st bo’lishi barchamizga ma’lum.
 
      Biz uchun oilamiz ko’z ochib  ko’rgan  dargoh bo’lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo’jaz  vatanimizdir. Biz yoshlar tarbiyasida mahalla va bobo – buvilarimiz o’rni, ahamiyati beqiyos. O’zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do’st-birodarlar bo’lib yashaydilar. Odamlar  quvonchli va tashvishli kunlarida bir- birlariga yelkadosh, maslakdosh bo’lib yashaydilar. Bu muqaddas an’ana bizning o’zbek xalqigagina xos. Bir bolaga  yetti mahalla ota-ona degan maqol bor. Bizning ota-onalarimiz, bobo-buvilarimiz  farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berishadi. Chunki biz yoshlar shu  bobo buvilarning, ya’ni o’zbek deb nomlangan buyuk xalqning, o’zbek naslining vorislarimiz. Shuning uchun bizni to’g’ri yo’l tanlashimizda, hayotda  o’z o’rnimizni topishimizda ular o’zlarining mustaqillikdan oldingi qiyin o’tmishlarini so’zlab beradilar va hozirgi  tinch farovon hayotga  shukronalar aytishimizni  qayta-qayta  ta’kidlaydilar.  Ularning bir og’iz maslahatlari, nasihatlari biz uchun oltinga teng.  Bobo- buvilarimiz misoli  noyob xazina. Ularni  doimo  ko’z  qorachig’iday  asrab-avaylashimiz, qadrlariga yetishimiz kerak. Ular bizni beminnat  boyligimiz ekanligini doimo esda saqlashimiz darkor.
 
      Prezidentimiz  Islom Abdug’aniyevich Karimovning biz yoshlardan umidlari juda katta. Yurtboshimizning  quyidagi fikrlari buning yaqol misoli: “ Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, dono, bilimli va  albatta baxtli bo’lishlari shart ”. Demak, har birimiz yurtboshimizning, bobo-buvilarimiz va ota-onalarimizning  ishonchlarini oqlashimiz kerak. Buning uchun vatanimiz mustaqilligiga, rivojiga, tinchligiga, gullab-yashnashiga  o’z bilimimiz, yutuqlarimiz bilan hissa  qo’shmog’imiz lozim.
 
      Men  shu  vatan farzandiman. Vatanim, bobo-buvim, mahallam, ota-onam koriga  yaraydigan farzand bo’laman. Meni doimo  bobolarimning dono maslahatlari, ularni  duolari qo’llab-quvvatlaydi.
 
     Ular baxtimga doimo sog’- omon bo’lishsin!    
 
 
 
Namangan tuman37- sonli umumiy orta talim maktabi  9 “A-’’ sinf oquvchisi   Abdurahmonova Nazokatning   ,, Mening bobom va buvimmahallamiz faxri‘’  mavzusida yozgan inshosi.
 
Email-nam_t37@inbox.uz
 

АКТ дан фойдаланишни ўрганишдаги муаммолар

Блог им. maktab1976
Ўқувчиларнику ўрганишдан тўҳтатиш қийин, агар компьютер ва унинг имкониятларини ўрганишни ҳохлайсанми деб савол берилса, улар ҳатто мактабда кечаси билан қолиб ҳам ўрганишга тайёр турадилар. Аммо энг ачинарлиси  айрим фан ўқитувчиларни (информатика фани ўқитувчилари бундан мустасно) компьютер хонасига  ихтиёрий равишда олиб киришдан қийинроқ масала йўқ бўлса керак. Давлатимиз томонидан берилаётган имкониятлар. Тайёр текин компьютерлар, видеопроектор, ДВД плеер, электрон дасрликлар, интернет тармоғи ишлаб турсаю, бунга қизиқмаган айрим ўқитувчилар ҳақида нима дейиш мумкин. Ёки шунчалик вақт ажратиш қийин масаламикин. Агар улар компьютер ва унинг қурилмаларидан фойдаланишни яхши ўрганишса, дарс самарадорлиги ошиши, ўзларининг мустақил слайд ва видеороликларини яратишлари, қолаверса  айрим ҳужжат ишларини бажаришда ортиқча кўчаларда югуриб, маблағ сарфламасликлари мумкинлигини ўйлаб кўришмасмикин. Ҳе гапираман десанг...